“Fergyuson menga inson sifatida yoqmaydi” — Habib Nurmuhamedov raqibi haqida o‘z fikrlarini aytdi

Sport

image

UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Toni Fergyuson bilan yaqinda bo‘lib o‘tadigan jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 

Rossiyalik sportchi raqibini yoqtirmasligini ma’lum qilgan, ammo uning jang san’ati bo‘lmish El-Kukuy usulini maqtagan.

“Bu UFC uchun, muxlislar uchun, men uchun, Toni uchun juda muhim jang... Shu sababli ham biz shartnoma imzoladik. O‘ylaymanki, biz aprel oyida va nihoyat jang o‘tkazamiz.

Toni — yaxshi sportchi. Unga qarshi hech qanday xusumatim yo‘q, biroq u menga inson sifatida yoqmaydi. Uning nimalar haqida fikrlayotgani, nimalar haqida o‘ylayotganiga tushunmayapman va bu men uchun qiziq ham emas. Bor e’tiborimni bo‘lajak janga qarataman va qafas ichiga kirgach, o‘z ishimni bajaraman”, — deya o‘z fikrlarini bildirgan Habib Nurmuhamedov. 

Eslatib o‘tamiz, jang 2020 yilning 18 aprel kuni Las-Vegasda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sarvar Rahimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xabib Nurmuhamedov

Baholaganlar

188

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing