Habibning jamoadoshi politsiya tomonidan qo‘lga olingani aytilmoqda
Sport
−
13 noyabr 2021
3195Yengil vazn toifasida Bellator promousheni jangchisi Usmon Nurmuhamedov (14-0) Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar berdi.
Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi uni to‘xtatishga uringan politsiya hodimini avtomobilda urib ketishda gumon qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Usmon do‘sti Kamol Idrisov bilan Maxachqal’adan Moskva shahriga uchishi kerak bo‘lgan, biroq Nurmuhamedovga tegishli mashina nazorat-o‘tkazish punktida turgan politsiyachini urib ketgan. Ular Sheremetevo aeroportida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Usmon Nurmuhamedov MMA’dagi faoliyati davomida 14 marta oktagonga ko‘tarilgan va ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan