Fergyuson Getji jangi g‘olibi Habib bilan to‘qnash keladi

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uaytning ma’lum qilishicha, UFC-249 turniri doirasida Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi jang g‘olibi yengil vazn toifasida jahon chempioni Habib Nurmuhamedovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

“Habib Toni Fergyusonga qarshi jang qilishdan bosh tortdi. Habib baribir jang o‘tkazadi. Unga Fergyuson va Getji o‘rtasidagi jang g‘olibi raqiblik qiladi. Jang joriy yilning sentbyar oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda”, deya izoh berdi Dana Uayt. 

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilindi. Rasman Habibning o‘rniga Jastin Getji raqiblik qiladigan bo‘ldi. Ushbu to‘qnashuv joriy yilning 19 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, UFC-249 musobaqasi o‘tkazilishi uchun xususi orol ijaraga olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Fergyuson Getji

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing