Fergani Space'ning ilk sun’iy yo‘ldoshi koinotga uchdi (video)
Olam
−
14:01
2536Turkiyaning Fergani Space kompaniyasining birinchi sun’iy yo‘ldoshi koinotga uchirildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Turk kompaniyasi Fergani Space o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshi FGN-100-d1'ni AQSHning Vandenberg bazasidan SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida kosmosga uchirdi.
Kompaniya bosh direktori Seljuk Bayroqdorning ta’kidlashicha, FGN-100-d1 Fergani Space tomonidan ishlab chiqilayotgan global joylashuv tizimining bir qismiga aylanadi.
Sun’iy yo‘ldoshning vodorod peroksidli kosmik dvigatelining otishma sinovi o‘tgan yilning may oyida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Boshqa bir turk kosmik firmasi Plan-S'ning sun’iy yo‘ldoshlari ham xuddi shu missiya tomonidan uchirildi.
Bugungi kunga qadar kompaniya koinotga to‘qqizta sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli uchirdi va IoT sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i maqsadini kengaytirishda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning ikki bosqichli Semurg‘ raketasi mamlakat Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurilgan “Faxr-1” sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqqandi. Sun’iy yo‘ldoshning muvaffaqiyatli uchirilishi Imom Xomayniy kosmodromidan amalga oshirilgan. “Faxr-1” orbitaga “Saman-1” yuqori bosqichi bilan birga chiqarildi, uning vazifasi sun’iy yo‘ldoshlarni yuqori orbitaga o‘tkazishdan iborat.
LiveBarchasi