Felish “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi

Sport

image

“Barselona” portugaliyalik futbolchi Joau Felishni “Atletiko Madrid” bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljidi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

23 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazdi. Londonliklar safida u Angliya chempionatining 16 ta uchrashuvida 4 ta gol urdi.

Manbaga ko‘ra, “Atletiko”dan yangi ketgan taqdirda u faqat “Barselona”da o‘ynash niyatida. “Atletiko” ijara uchun 16 million yevro olmoqchi edi, biroq endi Felishning yangi klubi unga maoshini to‘liq to‘lasa, “Atletiko” futbolchi uchun ijara puli olish niyatida emas.

Qayd etilishicha, “Barselona”ga o‘tish uchun Felish maoshi kamayishiga ham rozi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Madrid Joau Felish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing