Abduraimov yutqazdi, qolganlar davom etadi

Sport

image

Kecha, 14 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili navbatdagi janglarini o‘tkazishdi.

Dastlab turnirning 1/16 finali doirasida -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov Dominikan Respublikasi vakili, Panamerika o‘yinlari g‘olibi, turnirning to‘rtinchi saralangan bokschisi Rodrigo Martega qarshi jang qildi va uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan O‘zbekiston vakilining g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.
75 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Fanat ikkinchi bosqichda avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan Qahramonovning g‘alabasini qayd etdi - 5:0.
Zoirov nimchorak final jangini 17 sentyabr kuni qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi o‘tkazsa, Qahramonov 16 sentyabr kuni braziliyalik Xebert de Souza bilan kuch sinashadi.

63 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov ikkinchi bosqichda amerikalik Devis Keyshovnga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan raqib bokschisining g‘alabasini qayd etdi - 0:5.
Bugun jahon chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari davom etadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi doirasida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.

Dilshodbek Ro‘zmetov ikkinchi jangida Kongo vakili Pita Peter bilan hisob-kitob qilsa, Miraziz Mirzaxalilov hamda Sanjar Tursunov o‘zining musobaqadagi dastlabki jangini braziliyalik raqiblariga qarshi o‘tkazadi. 


Maqola muallifi

Teglar

boks ringga

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing