Fazliddin G‘oibnazarov armanistonlik bokschi ustidan g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 5 dekabr kuni o‘zbekiston bokschi Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi. 

Jang Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tdi. G‘oibnazarovga armanistonlik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) raqiblik qildi.

Jangning boshidan G‘oibnazarov ustunlik qildi. Sakkiz raundlik jangning 3-raundida o‘zbekistonlik bokschi raqibining jigariga jiddiy zarba berdi. 

Hakamlar butun jang davomida ustunlik qilgan o‘zbekistonlik bokschini bir ovozdan g‘olib deb e’lon qilishda.

G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Fazliddin G'oibnazarov

Baholaganlar

291

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing