Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi

Sport

image

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi. 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida u amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan. Bu haqda MOQ xabar bermoqda. 

Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Fazliddin G'oibnazarov

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing