Fayzullayevning jamoasi qishki yig‘inda O‘zbekiston klubi bilan o‘ynaydi

Sport

−

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev to‘p tepadigan Rossiyaning SSKA klubi qishki yig‘in doirasida O‘zbekistonning “Andijon” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Moskva klubi o‘z Telegram-sahifasida ma’lum qildi.

SSKA futbol klubi yig‘inda “Torpedo”, “Ximki”, “Rodina” va O‘zbekistonning “Andijon” klublari bilan o‘ynaydi.

“Armiyachilar”ning “Ximki” bilan o‘yini 25 yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tsa, 16 fevral kuni “Rodina” bilan, 20 fevral kuni esa “Ximki” bilan Turkiyada o‘yin o‘tkazadi.

SSKA-Andijon bahsi esa 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv ham Rossiya klubining Turkiyadagi yig‘ini doirasida o‘tkazilishi reja qilingan.

Jamoaning “Partizan”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini esa noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing