Fayzullayevning jamoasi qishki yig‘inda O‘zbekiston klubi bilan o‘ynaydi
Sport
−
14 dekabr 2023
7661O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev to‘p tepadigan Rossiyaning SSKA klubi qishki yig‘in doirasida O‘zbekistonning “Andijon” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Moskva klubi o‘z Telegram-sahifasida ma’lum qildi.
SSKA futbol klubi yig‘inda “Torpedo”, “Ximki”, “Rodina” va O‘zbekistonning “Andijon” klublari bilan o‘ynaydi.
“Armiyachilar”ning “Ximki” bilan o‘yini 25 yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tsa, 16 fevral kuni “Rodina” bilan, 20 fevral kuni esa “Ximki” bilan Turkiyada o‘yin o‘tkazadi.
SSKA-Andijon bahsi esa 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv ham Rossiya klubining Turkiyadagi yig‘ini doirasida o‘tkazilishi reja qilingan.
Jamoaning “Partizan”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini esa noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingan.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart
Trenddagilar
