Fayzullayev yana SSKAning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, armiyachilarning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlislar ovoziga ko‘ra, Abbosbek Fayzullayev birinchi, Milan Gayich ikkinchi, Igor Akinfeyev uchinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik futbolchi sentyabr oyida ham Moskva klubida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

E’tiborlisi, noyabr oyida Fayzullayev 2 ta o‘yinda 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi va mazkur oyda ham klubning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga asosiy nomzodlardan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Rossiya chempionating 14-tur ramziy jamoasidan o‘rin olgani xabar qilingandi. U mamlakat chempionatining so‘nggi turida 2 ta golga hammualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev Milan Gayich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing