Fayzullayev Rossiyada “Mavsum kashfiyoti” mukofotini qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Rossiyaning SSKA jamoasi safida to‘p suradigan futbolchi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premer ligasi tomonidan "Mavsum kashfiyoti" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bildirilishicha, Abbosbek Fayzullayev Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Bitello va Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasi hujumchisi Nikita Saltikovdan ovozlar soni bo‘yicha o‘zib ketdi.

“Menga ovoz bergan barchaga rahmat, bunday sovrinni qo‘lga kiritish juda yoqimli, men barcha jamoadoshlarim, murabbiylar va rahbariyatga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiraman”, deydi Fayzullayev.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli SSKA yarim himoyachisining Rossiya chempionati joriy mavsumidagi samarali harakatlari soni 11 taga yetgan, ya’ni Fayzullayev RPLda 4 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu natija uchun o‘zbekistonlik futbolchiga 21 ta o‘yin yetarli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik ekspert Fayzullayevni Yevropaning grand jamoalarida to‘p tepadigan darajaga chiqqanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing