Fayzullayev Rossiya chempionatida 10+ ochko yig‘gan eng yosh futbolchiga aylandi

Sport

image

Moskvaning SSKA klubi Rossiya chempionatining 29-turida “Pari NN” jamoasini 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yinda “armiyachilar”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Shunday qilib, 20 yoshli SSKA yarim himoyachisining Rossiya chempionati joriy mavsumidagi samarali harakatlari soni 11 taga yetdi, ya’ni Fayzullayev RPLda 4 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu natija uchun o‘zbekistonlik futbolchiga 21 ta o‘yin yetarli bo‘ldi.

Rossiya chempionatining joriy mavsumida Fayzullayev 10+ statistika qayd etgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Bu natija orqali Abbosbek Konstantin Tyukavin (21 yosh), Benjamin Garre (23), Eduard Spersyan (23), Maksim Glushenkov (24), Yegor Golenkov (24) va boshqa futbolchilarni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, mamlakat birinchiligining keyingi turida SSKA 25 may kuni o‘z uyida “Ural” bilan bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing