“Fast-fud”larni cheklash vaqti keldi – JSST

Salomatlik

image

Dunyo bo‘ylab bir yilda o‘rtacha yarim million odam zararli yog‘lar tufayli paydo bo‘ladigan yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida halok bo‘lmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

“Transyog‘lar inson o‘limiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalardir. Shunday ekan, ularning iste’molini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz. Bugungi kunda 43 ta davlat oziq-ovqat tarkibidagi transyog‘lar bilan kurashish bo‘yicha eng yaxshi amaliyot siyosatini joriy qildi, dunyo miqyosida 2,8 milliard odam bunday yog‘lardan himoyalangan. Biroq haligacha 5 milliard odamda transyog‘larning qurboniga aylanish imkoni mavjud”, deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.  

Tahlillarga ko‘ra, transyog‘larni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli. U kasallik rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, margarin, “fast-fud”, yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, shirinliklar hamda qovurilgan kartoshka frisi tarkibida salomatlikka salbiy ta’sir qiluvchi transyog‘lar ko‘p miqdorda uchraydi. 

Ma’lumot uchun, Daniyada sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan transyog‘larga 20 yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.   

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

JSST fast-fud transyog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing