“Fashizm vazirligi”. Rossiya Apple'ga talabnoma yubordi

Olam

image

Rossiyaning Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish federal xizmati (Roskomnadzor) Apple kompaniyasidan Rossiya Mudofaa vazirligiga Apple Maps xaritalash xizmatidagi rasmiy nomini qaytarishni talab qildi. Bu haqda xizmat RBKga xabar berdi.

Kecha, 4 mart kuni Apple Maps’da Mudofaa vazirligi “Rossiya Federatsiyasi Fashizm vazirligi” deb o‘zgartirib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgandi. Buni kompaniyaning o‘zi qilganmi yoki boshqasi noma’lum.

Roskomnadzor Apple kompaniyasini Rossiyaning jamiyat, davlat va davlat organlariga nisbatan aniq hurmatsizlikni ifodalovchi ma’lumotlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqidagi qonunchiligini buzish haqida ogohlantirdi.

“Ayni damda bu nom Rossiyada to‘g‘ri aks ettirilgan, biroq boshqa mamlakatlarda kompaniya imloni to‘g‘risiga o‘zgartirmagan. Roskomnadzor so‘rovni qayta yuborgan taqdirda kompaniya Rossiyadagi yillik aylanmasining 1/20 dan 1/10 qismigacha jarimaga tortiladi”, degan Roskomnadzor.


Maqola muallifi

Teglar

Roskomnadzor

Baholaganlar

1769

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar