Farzandini 9 000 dollarga sotishga uringan juftlik qo‘lga olindi
Jamiyat
−
19 iyun 2019
4699Joriy yilning 17 iyun kuni nikohsiz juftlik bir yoshga to‘lmagan farzandini sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, G.T.ning 2018 yil 26 oktyabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini, tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 000 AQSH dollariga sotayotganda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi