Xorijiy investitsiyalar umuman jalb etilmagan tashkilotlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 may kuni Oliy Мажлис Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitalarining qo‘shma мажлиси bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

2019 yilda 6,8 mlrd. dollar, ya’ni 2018 yilga nisbatan 1,2 barobar ko‘p miqdorda xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirish, bunda ularning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hajmini 206 AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilgan. Joriy yil uchun 345 ta tarmoq investitsiya loyihasi bo‘yicha o‘zlashtirish rejasi 7,8 mlrd. AQSH dollarini,  2019 yilning yanvar-mart oylarida o‘zlashtirish 2 193,3 mln. AQSH dollarни yoki hisobot davri uchun o‘rnatilgan rejaga (1 171,4 mln. AQSH долл.) nisbatan 187,2 foizni hamda yilлик reja ko‘rsatkichlariga nisbatan 28,0 foizni tashkil etdi.

2019 yilda moliyalashtirishning барча manbalari hisobidan jami 137,7 trillion so‘m hajmdagi капиtaл qo‘yilmalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgani, shuндан joriy yilga mo‘jallangan Investitsiya dasturi doirasida 112,2 trln. so‘m manzilli, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar – 41,6 trln. so‘m, markazlashtirilmagan investitsiyalar – 70,6 trln. so‘mni tashkil etgani borasida atroflicha ma’lumot berildi. O‘z navbatida, 2019 yil 1 aprel holatiga кўра, investitsiyalarni o‘zlashtirishning umumiy qiymati 34,3 trln. so‘mni tashkil etdi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarga yetdi.

Бuning barobarida, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganiga e’tibor qaratildi. Xususan, joriy yil birinchi choragi mobaynida 96 ta loyiha bo‘yicha investitsiyalarni o‘zlashtirish ortda qolgan. Ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rish borasida takliflar ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilmoqda.

Ta’kidlanganidek, vazirlik tomonidan 2018 yilda va 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida mamlakat investitsiya siyosatini amalga oshirish dasturlari ijrosini ta’minlash, joriy yilda eksport salohiyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalar borasida muayyan ishlar qilingan.

Xususan, so‘nggi yilda ichki moliyaviy resurslar cheklanganligi sharoitida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish asosida O‘zbekiston Respublikasining barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning o‘sish sur’ati 18 foizdan oshgan. 

Shunga qaramay, o‘rganish jarayonida “O‘zbekipaksanoati” uyushmasi, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJlari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Транспорт vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan bugungi kunda xorijiy investitsiyalar umuman jalb etilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zagrotexsanoatxolding”, “O‘zavtosanoat” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJlari, Farmatsevtika taрмоғини rivojlantirish agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi pastligicha qolganligi qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing