“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi Oskar mukofotiga tavsiya etildi

Madaniyat-san’at

image
Oskar mukofotiga da’vogar bo‘ladigan o‘zbek filmlari short-listi e’lon qilindi north_east

Oskar mukofotiga da’vogar bo‘ladigan o‘zbek filmlari short-listi e’lon qilindi

O‘zbekistondan Oskar mukofotiga rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tavsiya etildi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 21 noyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda qo‘mita raisi Firdavs Abduxoliqov, qo‘mita a’zolari hamda prodyuser va Qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurov ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan sayyoramizning nufuzli Oskar  mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan  “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tanlandi.

25 noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur.

“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev.

Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil bahorida "O‘zbekkino" Milliy agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Oskar mukofotiga tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan filmlar orasida Jaxongir Qosimovning “Ibrat” va Ayub Shaxobiddinovning “Rangsiz tushlar” filmlari ham bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar

Baholaganlar

299

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing