Elyor G‘aniyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
5088O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahrida bo‘lib turibdi.
Elyor G‘aniyev bugun, 9 aprel kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Fuad Oktay bilan uchrashgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Turkiya hukumatidagi manbasi xabar bermoqda.
Uchrashuvda hukumatlararo qo‘shma iqtisodiy komissiyaning 5-majlisi uchun tayyorgarlik ishlari muhokama etilgan. Unda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev ham ishtirok etgan.
Ma’lumot o‘rnida, aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrif bilan Turkiyaga borishi, strategik hamkorlik yuzasidan yig‘ilishda ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, aprel oyi rejasiga Turkiyaga safar kiritilmagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr