Farg‘onaga uchayotgan samolyot shoshilinch ravishda Turkmanistonga qo‘ndi

Olam

image

Bugun, 1 fevral kuni Madinadan Farg‘onaga uchayotgan Centrum-Air aviakompaniyasi samolyoti Turkmanistonga shoshilinch qo‘ndi. Bu haqda “Flightradar” xabar berdi.

Qayd etilishicha, C6-3336 reysi Madinadan Farg‘onaga uchgan. Eron chegarasini kesib o‘tgan samolyot Turkmaniston osmonida yo‘nalishidan chiqib ketgan va samolyot Turkmanistonning Marv shahridagi muqobil aeroportga yo‘naltirilgan. Samolyot aeroport atrofida aylanib, Toshkent vaqti bilan 09:08 da qo‘ngan.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, samolyot dvigatellaridan birida muammolar bo‘lgan.

Aviakompaniyaning rasmiy sahifalarida ularning parvozi bilan bog‘liq hodisa haqida izoh berilmagan. Ushbu samolyot hali ham Turkmanistonda turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Buxoro-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasining A-320 samolyoti manziliga yaqinlashayotganda dvigatelida nosozlik yuzaga kelgandi. O‘shanda ekipaj komandiri qo‘nishga ustuvorlik berishni so‘ragan va Vnukovo aerodromida ko‘k rangli ogohlantirish e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona samolyot Madina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing