Farg‘onada mast erkak poyezd tagidan omon chiqdi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida temir yo‘lda uxlab qolgan shaxs nafaqat  poyezdning, balki temir yo‘l kesishmasidagi harakatning to‘xtashiga ham sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Temir yo‘llari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, kecha, 4 avgust kuni Farg‘ona vodiysinig Qo‘qon–Buvayda peregonining 7-kilometrining 5-PK P–93-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati 20 daqiqaga to‘xtab qolgan. 

Poyezd to‘xtab qolishiga lokomotiv brigadasi temir yo‘l izlari ichi (koleya)da yotgan odamni ko‘rganidan so‘ng favqulodda tormozlashni qo‘llagan va poyezd qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmalaridan birining hududida to‘xtagan. Natijada soat 21:50 dan 22:10 gacha ushbu joyda avtotransportning tirbandligi yuzaga kelgan.

Mazkur fuqaro mast holda bo‘lgani tahmin qilinmoqda. Aytilishicha, poyezd yo‘lda yotgan odam ustidan yurib o‘tgan, biroq uning tanasi po‘lat izlari orasida bo‘lgani bois unga xech nima kilmagan. 

Ushbu hodisa sodir bo‘lgandan so‘ng, fuqaro voqea joyidan qochib ketgan. Yo‘lovchi poyezd esa texnik ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, poyezd belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatini davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing