Farg‘onadagi uyda portlash yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni soat taxminan 12:00 da Farg‘ona viloyati portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Hodisa Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani X.Olimjon mahallasidagi ikki qavatli uylarning birida gaz to‘planib chaqnashi natijasida sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 nafar fuqaro I.X. jarohat olgan. 

Hodisa sodir bo‘lgan joyiga zudlik bilan yetib borgan tergov tezkor guruhi ishlamoqda. 

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida sodir bo‘lgandi. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Is gazi

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing