Farg‘onadagi maktablarning birida ayollar o‘qituvchilarni kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Internet ijtimoiy tarmoqlarida o‘quvchining onasi maktabga kelib o‘qituvchini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. 

Unda ayollardan biri o‘qituvchi jiyanini sinf xonasidan chiqarib yuborganini aytgan va uni uyatli so‘zlar bilan ayovsiz haqorat qilgan.

O‘qituvchilardan biri maktabda haqoratli so‘zlarni aytish mumkin emasligini qayta-qayta aytishiga qaramay ayollar, sinfxonadan chiqmagan holda haqorat qilishda davom etgan. 

Videodan ko‘rinishicha, o‘quvchi qiz ona va o‘qituvchi o‘rtasidagi tortishuvni tomosha qilib turgan va ularni ajratishga harakat qilmagan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat berib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 19 dekabr kuni sodir bo‘lgan.

“Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi 15-maktabning 7-sinf o‘quvchisi M.O. dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun o‘qituvchisi R.T.dan ruxsat so‘ragan. Lekin o‘qituvchi javob bermagan bo‘lsada, ruxsatsiz tashqariga chiqib ketayotgan vaqtida, o‘qituvchi R.T.ning “qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan gapini eshitib, yaqinlari R.U. hamda U.R.larni chaqirib kelgan. Natijada maktab o‘qituvchilari bilan sinf xonasida o‘zaro janjal kelib chiqqan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, IIB janjal davomida o‘qituvchilar R.T. va M.U.lar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilishganini qo‘shimcha qilgan.
 

“Mazkur holat Marg‘ilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deya ta’kidlanadi Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati e’lon qilgan rasmiy munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda o‘quvchining onasi maktab “zamdirektor”ini kaltaklagani haqida xabar qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing