Farg‘onadagi maktabda portlash sodir bo‘ldimi? FVV ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi maktablardan birida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 11:30 da Farg‘ona shahridagi 41-maktab va 63- bog‘chaning umumiy isitish qozonxonasida yorilish sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, ushbu holat tegishli shaxslar ishtirokida o‘rganilgan.

Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, isitish qozonxonasida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida qozonda ichki bosim ortib ketgan va yorilish sodir bo‘lgan. Oqibatda qozonxona binosi yengil shikastlangan. 

Vazirlikka ko‘ra, voqea oqibatida yong‘in kelib chiqmagan, shuningdek, tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan voqea sabablari va zarar miqdori o‘rganilmoqda.

"Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki sohaviy xizmatlardan birining vakillari tomonidan ushbu voqea haqida guvohlardan oshkor qilmaslik to‘g‘risida tilxat olingani haqida ma’lumot tarqalgan. Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilmaganini rasman ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

FVV

Baholaganlar

257

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing