Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsatib o‘tilgan, ammo ko‘plab tadbirkorlarning bozor ichki yo‘laklarigacha tovarlarini chiqarib sotish holatlari aniqlangan. Bozor ma’muriyati favqulodda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar oldini olib, tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan hech kim hech qanday tan jarohati olmagan, xususan, Milliy gvardiya xodimlari ham. Mazkur vaziyatning har bir holati bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining “Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Farg'ona kiyim bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made