Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
01 mart
24268Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Bugun, 1 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:22 da zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 257 km janubi-sharqda, Farg‘ona viloyatining Quva tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 40,45 gradus shimoliy kenglik; 72,08 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,5. Chuqurlik 11 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Quva tumanida 3 ball, 9 km;
- Marhamat tumanida 2 ball, 20 km;
- Quvasoy shahrida 2 ball, 20 km;
- Toshloq tumanida 2 ball, 23 km;
- Asaka tumanida 2 ball, 27 km;
- Shahrixon tumanida 2 ball, 27 km;
- Farg‘ona shahrida 2 ball, 27 km.
LiveBarchasi