Farg‘onada jarima miqdoridan norozi haydovchi ratsiyani olib qochib ketdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib qochib ketdi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, mazkur videotasvir va undagi holatlar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Jamoat joyida haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib yuborgan fuqaro M.Sh. aniqlanib, ushlandi. 

“Damas'da qatnayman. Xodim keldi, hujjatlarimni ko‘rsatdim. Inspektor noto‘g‘ri parkovka qilganimni aytdi. Jarima qimmatligidan jahlim chiqib, so‘kindim va uning ratsiyasini olib ketdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa takrorlanmaydi. Barchadan harakatlarim uchun kechirim so‘rayman”, deydi haydovchi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Farg'ona haydovchi ratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing