So‘x tumaniga ham sel keldi (video)
Jamiyat
−
22 aprel
12287Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi bir necha qishloq va mahallalarga sel keldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 19 aprel kuni O‘zgidromet tomonidan Farg‘ona viloyatining tog‘ va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelish xavfi haqida ogohlantirilgan.
Bugun, 22 aprel kuni esa Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi “Lembur” MFY “Mayravot” sel yo‘li, “Qalacha” MFY “Qalacha” sel yo‘li hamda “Malbut” qishlog‘idagi qir adirlarda toshqin kuzatilgan.
Qirg‘iziston Respublikasida yoqqan yomg‘irlar natijasida mavjud sel yo‘llari suvga to‘lgan."Sel-suv toshqinlarini oldini olishga qaratilgan maxsus taktik o‘quv mashqlari hamda belgilangan manzilli dasturlar asosida sel yo‘llari ta’mirlanganligi sababli aholi xonadonlar va infratuzilmalarga ziyon yetmadi", deyiladi xabarda.
Avtomobillar qatnov qismidagi tosh shag‘allar So‘x tuman hokimligi hamda hamkorlikdagi tegishli xizmatlar tomonidan yo‘llar tozalanib, avtomobillar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatiga ham sel kelgan edi.
LiveBarchasi