Farg‘onada yuz bergan ayanchli YTHda 2 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Joriy yilning 5 mart kuni kechki payt 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt mashinasida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini urib yuborgan.

Oqibatda piyodalarning ikki nafari og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 4 mart kuni Toshkent shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made