Farg‘onada yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
07 mart 2022 5334 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida MAN rusumli yuk mashina va Nexia to‘qnashuvi bir kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Joriy yilning 4 mart kuni haydovchi K.I. Nexia 3 rusumli avtomashinasini “Teleming” MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda Nexia rusumli avtomashina haydovchisi K.I. hodisa joyida joyida vafot etgan hamda yo‘lovchisi P.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr