Farg‘onada yana katta yong‘in sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida qurilishi tugallanmagan sex yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 19 iyun kuni soat 12:42 da Uchko‘prik tumanidagi “Avilon Qo‘qon tekstil” MCHJga qarashli kalava va rangli ip ishlab chiqaruvchi sex binosida yong‘in kelib chiqqan. Binoning 150 kvadrat/metr tom qismi, operator va qorovul xonasi yonib zararlangan. 

Yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga 12:45 da yetib borgan hamda yong‘in 12:48 da o‘rab olinib, 13:02 da o‘chirilgan. Yong‘indan sex binosining 2000 kvadrat/metr maydoni saqlab qolingan. 

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanayotgani xabar qilingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahridagi bozor yonib ketgandi. Yong‘in 4 soat ichida o‘chirilgandi. Keyinroq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, bozorda yonib ketgan do‘konlar tez orada qayta qurib berilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing