Farg‘onada yana bir maktab o‘quvchisi bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
15 mart
16034Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani “Katta-Qorako‘l” MFYda yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan Ruhshonaxon Sohibjon qizi Fozilova qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, qiz joriy yilning 3 mart kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, uyiga qaytmagan. Egnida qora rangli shapkali jemper, boshida to‘q yashil va qizil rangli yo‘l-yo‘l ro‘mol, oyog‘ida qora rangli, ayollar oyoq kiyimi, o‘ng qo‘lida rangli metalldan yasalgan uzugi bo‘lgan.
Belgilari: bo‘yi taxminan 160-165 sm, bug‘doyrang, yuzi uzunchoq, sochi qora, quloqlari o‘rtacha, burni o‘rtacha, lablari o‘rtacha qalinlikda, tishlari tabiiy butun va ruhan sog‘lom.
"Bedarak yo‘qolgan fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz 73-244-02-85, 73-244-02-76 yoki "102" qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berishingiz mumkin", deyiladi e’londa.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan 18 yoshli Barnoxon Xoldaraliyeva, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi 9-sinf o‘quvchisi Oydin Tursunova, Jizzax viloyatida yashovchi Sabrina Nazirqulova, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi Madina Ibrohimova, Ruhshona Jiyanboyeva, Turkiyaga borganidan so‘ng oila a’zolari bilan aloqasini yo‘qotgan Iroda Po‘latovalarning bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik. Oradan 24 kun o‘tib Oydin Tursunova topilgani ma’lum bo‘ldi, biroq Barnoxon Xoldaraliyeva, Sabrina Nazirqulova, Madina Ibrohimova, Ruxshona Jiyanboyeva hamda Iroda Po‘latova hamon bedarak yo‘qolgan bo‘yi qolmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr