Farg‘onada o‘zganing uyini o‘ziniki deb sotgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida o‘zganing xonadonini qalbaki hujjatlar asosida 20 800 AQSH dollariga sotgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro V.K. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro M.N.ga fuqaro N.T.ning Yangi Asr ko‘chasidagi xonadonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, uyni 20 800 AQSH dollariga sotganligi aniqlangan. Firibgarlar jabrlanuvchiga soxta hujjatlar taqdim qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda 1,2 mlrd so‘mga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona xonadon firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made