Farg‘onada uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxslar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida 35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxsning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Farg‘ona shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni jilovlash, uning oldini olish va barham berish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida maxsus profilaktik va tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unga ko‘ra, Viloyat IIB hamda DXX tezkor xodimlari tomonidan 35 nafar uyushgan jinoiy tuzilmalarga aloqador shaxsning yashash va boshqa manzillarida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida ularning 19 nafaridan 3,81 gramm gashish, 10 dona pichoq, 3 dona xanjar, 2 dona niqob, 1 dona kastet kabi noqonuniy buyum va ashyolar topilgan. Natijada 15 ta jinoyat va 24 ta ma’muriy huquqbuzarliklarga barham berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni barqarorlash maqsadida olib borilgan tadbir natijasida “Baxti Tashkentskiy” va yana bir qancha “ko‘cha bolalari” qo‘lga olingandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DXX Farg'ona IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing