Farg‘onada uyidagi tovuq katakda marixuana saqlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida uyida marixuana saqlagan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Qorakaltak” mahallasida yashovchi fuqaro S.A.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uy yotoqxonasidagi gilam ostidan qog‘oz o‘ramda, hovlidagi devor orasidagi politilen paketda va tovuq katakdagi qutida marixuana giyohvandlik moddalari aniqlangan. Ushbu moddalar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona marixuana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing