Farg‘onada uyida ko‘knor yetishtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

3-sahifa

image

Farg‘onada 125 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Furqat tumani Eshon qishlog‘ida yashovchi M.G. ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uyning tomorqasida 125 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. 

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ko'knor

Baholaganlar

381

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing