Farg‘onada 55 ming tup ko‘knor yetishtirgan fuqaro ushlandi (video)
3-sahifa
−
21 iyun 5896 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida 55 ming tup ko‘knori va 40 dan ortiq nasha o‘simligi o‘stirayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
“Qoradori-2025” tezkor tadbiri doirasida Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilgan va tomorqasida 55 ming ko‘knori va 40 dan ortiq nasha o‘simligini parvarish qilayotgani aniqlangan.
Aynan o‘sha fuqaroning molxonasida esa 600 grammdan ortiq quritilgan nasha giyohvandlik vositasi saqlanayotgani aniqlangan.
Qolaversa, viloyatdagi yana bir holatda Farg‘ona shahrining Tabassum mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida 10 kilogramm 960 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini hamda 10 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotish maqsadida saqlayotgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 1 kilogramm giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi