Toshkentda erkak qariyb 3 kg ko‘knori bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2,5 kg “opiy” va 3 kg ko‘knor boshoqlari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda “o‘zbek-afg‘on” davlat chegarasining Termiz tumani hududidan o‘tuvchi qismida noma’lum shaxslar tomonidan qoldirib ketilgan umumiy og‘irligi 2 kg 562 gr bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi olingan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning egalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Boshqa holatda esa Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1974 y.t. shaxsning yashash xonadonida 2 kg 930 gr ko‘knor boshoqlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 201 kg kannabis va 1 kg 994 gr “gashish” musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing