Farg‘onada o‘quvchi traktor haydab, poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida halok bo‘ldi 

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida maktab o‘quvchisi traktorni boshqarib ketayotib, poyezd bilan to‘qnashib ketdi va oqibatda halok bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buvayda tumanida joylashgan maktablardan birining 9-sinf o‘quvchisi traktorni boshqarib, temiryo‘l relslariga chiqib ketgan. Oqibatda traktor poyezd bilan to‘qnashgan va uni boshqarayotgan yigit  halok bo‘lgan.

“Marhum o‘quvchi tahsil olgan maktabda ota-onalar va ichki ishlar xodimlari ishtirokida profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Yo‘l harakati xodimlari voyaga yetmaganlarning avtomobilni boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini eslatdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Namangan tumanidagi maktabning 11-sinfida o‘qiydigan 17 yoshli yigit tog‘asining Lacetti  rusumli avtomobilida harakatlanib ketayotganda, boshqaruvni yo‘qotib, ikki talabani urib yuborgandi. Oqibatda bir talaba vafot etgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona o'quvchi traktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made