Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
13 aprel
7692Avvalroq Farg‘onada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergandik.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, o‘qituvchini urgan mushtumzo‘rlarga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel kuni Toshloq tumani, "Sadda" MFYda joylashgan 25-sonli maktabning tarix fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisining qarindoshlari tomonidan kaltaklanib, unga tan jarohati yetkazilgan. Fuqarolar X.J. va X.A.lar o‘qituvchidan "jiyaniga nisbatan nima uchun kuch ishlatgani"ni so‘rashgan.
O‘qituvchi "bosh miya chayqalishi, chap qosh tashqi burchak sohasi yirtilishi, chap yelka va tirsak sohalarining lat yeyishi" va boshqa jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
"Joriy yilning 13 aprel kuni Toshloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan X.J. va X.A.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi