Poraxo‘r adliya xodimining qing‘ir ishlari fosh qilindi
Jamiyat
−
07 avgust 2020
15502Farg‘onada Adliya bo‘limi mutaxassisi vakolatini suiiste’mol qilib, tadbirkorning yer muammosi bo‘ladimi, masjidga ruxsatnoma olish bo‘ladimi hoziru nozir bo‘lib, o‘z cho‘ntagini o‘ylab, pora olib kelgani aniqlandi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, tergovga qadar tekshiruvda “M.A” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ning murojaatiga ko‘ra, Toshloq tuman Adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.A. tumanda bo‘sh yer maydonini ushbu korxonaga ajratilishi to‘g‘risidagi tuman hokimining qarori bo‘yicha Toshloq tuman Ma’muriy sudida ko‘rilayotgan ishni sudda ishlovchi tanishlari orqali gaplashib, qarorni o‘z kuchida qoldirish va ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, A.A. tomonidan Toshloq tumani “So‘kchilik” MFYda yashovchi fuqaro B.B.dan tanishlari orqali mazkur mahalladagi masjid faoliyatini yuritishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 39 mln so‘m olganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan A.A. fuqarolardan pullarni olganligini ma’lum qilib, o‘z ixtiyori bilan “M.A.” xususiy korxonasi ish yurituvchisi M.M.ga yetkazilgan zarar uchun 500 ming so‘m va 100 AQSH dollarini hamda fuqaro B.B.ga yetkazilgan zarar uchun 28 mln so‘m va 1000 AQSH dollarini o‘z ixtiyori bilan taqdim etganligi protsessual rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi