Farg‘onada Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda uch tuman hokimi ishdan olindi
Jamiyat
−
05 fevral 2021
13376Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tayotgan faollar yig‘ilishida viloyatdagi uch tuman hokimi ishdan olindi.
Jumladan, Quva tumani hokimi Ravshan Haydaraliyevich Qurbonov, Yozyovon tumani hokimi Yo‘lchiboy O‘rinboyevich Boyigitov va O‘zbekiston tumani hokimi Qahramon Jo‘rayev yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilindi.
Shuningdek, Quva tumani prokurori Baxtiyor Vaxobov, IIB boshlig‘i Elyor Xaydamatov va soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nosir Maqsudov, O‘zbekiston tumani prokurori Mirvoxid Otaboyev ham ishdan olingan.
LiveBarchasi