Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? – Prezident Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariga tanbeh berdi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
8972O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 fevral kuni Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga borib, MFY binosi, tozalab, tartibga keltirilmagan hovlilar, ta’mirtalab xonalarni ko‘rib, mahalla rahbarlarining tashabbussizligini tanqid qildi.
Yo‘llardagi nosozliklar sababli Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari ham tanbeh oldi.
“Mana shu yo‘llarga kim javob berishi kerak? Sen meni shuncha oldimda yurgan odamsan, shuni aytmaysan. Bu yo‘llar sharmandalik emasmi? Yo‘llarni sifatini qara. Men aytmasam nega qilmaysan shuni? 4 yildan buyon oldimda yuribsan. Nimaga o‘zingni qiynamaysan? Shuncha pul beryapman. Nimaga taklif bermaysan, hammang befarqsan? Men ketsam yana eski tos, eski hammom bo‘ladi”dedi Prezident.
Avvalroq, Farg‘ona shahar hokimi ham yo‘llarning ahvoli sababli tanqidga uchragani haqida xabar bergan edik. U Prezidentning vodiy viloyatiga tashrifidan keyin ishdan olindi.