Farg‘onada uch kishi is gazidan o‘ldi
3-sahifa
−
18 yanvar 2022
5973Joriy yilning 14 yanvar kuni Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida is gazidan zaharlanish oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimining voqeani o‘rganish bo‘yicha qabul qilingan qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, Farg‘ona shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Qodiriy ko‘chasi 43-uydagi xonadonlardan birida yashovchi ikki nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, shu xonadonga mehmonga kelgan fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg‘ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ular is gazidan zaharlangan deb gumon qilinyapti.
Voqea tafsilotlarini o‘rganish maqsadida favqulodda vaziyatni o‘rganish bo‘yicha shahar komissiya tuzilgan.
LiveBarchasi