Farg‘onada to‘y korteji uyushtirganlar qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida do‘stining to‘yi kuni kortejlar uyushtirgan huquqbuzar haydovchilar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida do‘stining to‘yiga borgan yigitlar boshqa transport vositalarining qatnoviga xalal berib, to‘y korteji uyushtirgan. 

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, haydovchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan va ular boshqaruvidagi mashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

“Tanishimning to‘yida o‘zimni BYD mashinamda qarama-qarshi harakatlandim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi haydovchilardan biri. 

Qoidabuzarlar mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 5 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda ikki yigit yurib ketayotgan Damas’ning tomiga chiqib, huquqbuzarlik sodir etganligi haqida xabar berilgandi. 

Maftuna Madaminova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing