Farg‘onada tug‘uruq bo‘limida homilador ayolning halok bo‘lishi ortidan jinoiy ish ochildi
Jamiyat
−
06 aprel 2020
24564Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida tug‘uruqxonaga kelgan ayol, hech kim unga qaramagani uchun o‘zi va tug‘ilmagan farzandi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ`ga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Qatortol” mahallasi Hamza ko‘chasida yashagan 1987 yilda tug‘ilgan N.Sh. tuman tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bilan tug‘uruq jarayonida vafot etgan.
N.Sh.ning 39 haftalik homilasi bilan tug‘uruq jarayonida vafot etganligi holatida JKning 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holat yuzasidan boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan 4 aprel kuni kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasida fuqaroga ko‘rsatilgan xizmatlar sifatini o‘rganish uchun tekshiruv o‘tkazish belgilandi. Tekshiruv guruhiga 6-8 aprel kunlari ishlarini yakunlash topshirildi.
LiveBarchasi