Farg‘onada tipratikan va ilondan sho‘rva tayyorlab sotayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, tarmoqlarda tarqalgan video viloyat Eklogiya boshqarmasi hamda 1-mintaqaviy Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganishlarda Oltiariq tumanining “Zilha” MFY hamda Buvayda tumanining “Boston buvo” MFY hududlaridagi qum barxanlarida fuqarolar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlangan. 

“Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan choyxonada chumchuq go‘shtidan “shashlik” pishirib, sotilayotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu choyxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 63-moddasi (G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va 4 mln 120 ming so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ilon sho'rva tipratikan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing