Farg‘onada tibbiyot xodimining kaltaklanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq Farg‘ona viloyatida erkak kishi tug‘uruqxonada hamshiraning sochidan tortib, sudrab chiqayotganligi aks etgan videoyozuv tarqalgani haqida xabar bergandik.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

“Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi Yu.A.ni tahqirlab, unga tan jarohatlarini yetkazgan 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi shaxs haqiqatan ham muqaddam (1998-2002 yillarda) ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. U surunkali ravishda xizmat intizomini buzganligi hamda nomunosib xatti-harakatlari uchun 2002 yilda ichki ishlar organlaridan haydalgan.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berib, tibbiyot birlashmasida yuz bergan o‘sha hodisaga o‘pkasi 70 foizga rivojlanmagan chaqaloqning tug‘uruqdan so‘ng, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etishi sabab bo‘lgani hamda tibbiyot xodimiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan fuqaro sobiq ichki ishlar xodimi bo‘lganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing