Farg‘onada tez yordam mashinasida o‘tin tashildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda tez yordam mashinasi o‘tin tashiyotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 mart kuni Qo‘qon shahar 10-sonli oilaviy poliklinikaga tegishli tibbiy yordam avtomashinasida haydovchi G‘.A. o‘zboshimchalik bilan daraxt ko‘chatlarini yuklagan holatda harakatlangani aniqlangan. Poliklinikada ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi mas’ullari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan.

Bildirilishicha, unda haydovchi G‘.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek, poliklinika bosh shifokori F.M. ga o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, avtomashinalardan unumli va samarali foydalanish choralarini ko‘rish bo‘yicha haydovchilar o‘rtasida yetarli darajada yo‘riqnoma o‘tkazib, tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun “hayfsan” intizomiy jazosi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida tez yordam mashinasi qoplar to‘la piyoz olib ketayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinroq, olib borilgan o‘rganish ishlari davomida mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli ekani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Qo'qon tez yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing