Farg‘onada tanishi bilan janjallashgan shaxs uni mashinasida urib ketdi
3-sahifa
−
12 iyul 11681 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida tanishini mashinada urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib qolgan. Shundan so‘ng, o‘ziga tegishli Lacetti rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi F.Z. esa Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Tico avtomobili yosh bolani urib yuborgandi. YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Live
Barchasi